Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Musialaning davolanishi samara berdi

Musialaning davolanishi samara berdi

Baho:
+1 | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musialada kuzatilgan absans xurujlarini nazorat ostiga olishga muvaffaq bo‘lindi.

Sport Bild ma’lumotiga ko‘ra, avgust oyida 23 yoshli futbolchi ketma-ket ikki o‘yinda o‘zini yomon his qilgan. Unga tibbiy yordam ko‘rsatilib, maydondan almashtirilgan edi.

Keyinroq Musiala unda nevrologik disfunksiya tufayli yuzaga keladigan qisqa muddatli va davolash mumkin bo‘lgan absans xurujlari aniqlanganini ma’lum qilgan.

Manbaga ko‘ra, dori vositalari bilan davolash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar kutilgan natijani bergan.

Hozir Musiala mashg‘ulotlarda to‘liq yuklama bilan ishlamoqda va unga alohida munosabat talab qilinmayapti. Shuningdek, ushbu holat sabab futbolchi uchun maxsus qo‘shimcha mashg‘ulotlar ham belgilanmagan.

Germaniya milliy jamoasiga chaqiruv olgan Musiala uchun ayni paytda eng muhimi odatiy kun tartibi va mashg‘ulot rejimiga rioya qilish hisoblanadi.

Kiritildi: 13:40, 23.09.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик