«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal o‘tgan yili «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egallaganidan hafsalasi pir bo‘lmaganini aytdi.
– Bir yil oldin siz 18 yoshingizda «Oltin to‘p» ovoz berish jarayonida ikkinchi o‘rinni egalladilaringiz va bu yosh bo‘yicha yangi rekord bo‘ldi. O‘sha kecha qanday o‘tdi?
– O‘sha kecha juda alohida bo‘ldi. 18 yoshida «Oltin to‘p» topshirish marosimiga g‘alaba qozonish imkoniyati bor deb o‘ylab boradiganlar kam. Bu mening ikkinchi marosimim edi va u yerda bo‘lish, Usmon [Dembele]ni ortda qoldirish imkoniyatiga ega bo‘lishning o‘zi men uchun orzu edi. Yakunda Usmon g‘alaba qozondi, lekin men buni to‘g‘ri qabul qildim. U bunga loyiq edi, Chempionlar ligasini yutib, ajoyib mavsum o‘tkazdi va men u uchun xursandman. Men esa vtora ravishda Kopa trofeyini (France Football talqini bo‘yicha eng yaxshi yosh o‘yinchi mukofoti) oldim.
– Bu ko‘proq hafsalaning pir bo‘lishi edimi yoki rivojlanishingizdagi mantiqiy qadammi?
– Men buni yutuq deb hisoblayman. Men 18 yoshimda ikkinchi o‘rinni egalladim. Bu menga o‘zimdan o‘zib ketishimga ham yordam beradi. Men har doim g‘alaba qozonishni xohlayman va birinchi o‘rinni egallamaganim kelasi yili birinchi bo‘lib finishga yetish uchun bor kuchimni berishga undaydi, keyingi yili ham xuddi shunday va yana... Men buni hech qachon hafsala pir bo‘lishi deb qabul qilmaganman.
– Sizningcha, tarozi pallasini Dembele foydasiga nima og‘dirdi?
– Ikkalamiz ham Chempionlar ligasida o‘ynadik, yarim finalgacha yetib bordik va u musobaqada g‘olib chiqdi... Tajriba ham muhim ahamiyatga ega. Men bor-yog‘i ikkita «Oltin to‘p» marosimida bo‘lganman, uni bunchalik tez yutib olish qiyin bo‘lardi. Lekin men ta’kidlamoqchimanki, Usmon ajoyib mavsum o‘tkazdi, — dedi Yamal.













