Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiyaga qarshi ilk o‘yinda yutqazdi

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi Niderlandiyaga qarshi ilk o‘yinda yutqazdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi nazorat uchrashuvida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvni terma jamoamiz faol boshladi va 12-daqiqada Abbos Elmurodovning goli evaziga hisobda oldinga chiqdi. Biroq mezbonlar oradan ko‘p o‘tmay tashabbusni o‘z qo‘llariga oldi. Ayub Buxari 14-daqiqada hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 16-daqiqada Mo Chi Niderlandiyani oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada Stan van der Val mezbonlarning ustunligini yanada oshirdi — 3:1.

Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin O‘zbekiston yana gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 19-daqiqada Mashrab Odilov hisobdagi farqni bitta to‘pga qisqartirdi — 3:2.

Ikkinchi bo‘limda terma jamoamiz tenglikka erishish uchun faol harakat qildi. 27-daqiqada O‘zbekiston uzluksiz hujumlar uyushtirib, mezbonlarni o‘z jarima maydoniga qamab qo‘ydi. Ammo 28-daqiqada Niderlandiya qarshi hujumda yana gol urib, hisobni 4:2 ko‘rinishiga keltirdi.

32-daqiqada Husniddin Nishonov O‘zbekistonning sa’y-harakatlarini gol bilan yakunlab, farqni yana bitta to‘pgacha qisqartirdi — 4:3.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida terma jamoamiz hisobni tenglashtirish uchun to‘liq tarkib bilan oldinga tashlandi. Biroq bu taktika mezbonlarning qarshi hujumlar uchun imkoniyatlarini oshirdi. 38-daqiqada Jordani Martinus navbatdagi qarshi hujumni golga aylantirdi — 5:3.

39-daqiqada esa Martinus yana bir bor o‘zini ko‘rsatib, uzoq masofadan kuchli zarba bilan to‘pni darvozaga yo‘lladi va uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:3.

Shu tariqa O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi nazorat uchrashuvida 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

22 sentyabr, 2026 yil. Nazorat uchrashuvi.
Niderlandiya — O‘zbekiston 6:3
Gollar: Abbos Elmurodov, 12 (0:1); Ayub Buxari, 14 (1:1); Mo Chi, 16 (2:1); Stan van der Val, 18 (3:1); Mashrab Odilov, 19 (3:2); Ismail Uaduh, 28 (4:2); Husniddin Nishonov, 32 (4:3); Jordani Martinus, 38 (5:3), 39 (6:3).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:38, 23.09.2026.
O'qildi: 1267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик