Madridning «Real» klubi tarbiyalanuvchisi Denis Cherishev faoliyatini Rossiya Premyer-ligasida davom ettirishni xohlagan edi. Bu haqda Sport Baza xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 35 yoshli vingerning xizmatlari RPLning turli klublariga taklif qilingan, biroq hech qaysi klub futbolchiga qiziqish bildirmagan. Ta’kidlanishicha, Cherishevning o‘zi faqatgina Premyer-liga variantlarini ko‘rib chiqqan, ammo Voronejning «Fakel» klubi uning xizmatlaridan voz kechgani, Tolyattining «Akron» klubiga esa hujum qanoti futbolchisi kerak bo‘lmagani ma’lum.
2026 yilning fevralidan avgustigacha Cherishev Kiprning «Krasava» klubi safida to‘p surgan. Jamoa tarkibida u 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Hozirgi vaqtda Cherishev erkin agent hisoblanadi.













