UFC yengil vazn (70 kg gacha) toifasidagi rossiyalik jangchi Arman Sarukyan divizionning sobiq chempioni, gruziyalik Iliya Topuriya hamda britaniyalik Peddi Pimblett o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Kim g‘alaba qozonadi? Tanlash qiyin... Iliyaning qanday holatda bo‘lishiga bog‘liq. U juda yaxshi sport formasida bo‘lishi va Peddini nokaut qilishi mumkin, yoki unga yutqazib qo‘yishi ham mumkin... qiyin. Chunki Peddining jag‘i mustahkam, Topuriya odatda nokaut bilan g‘alaba qozonadi, ammo Peddini nokaut qilish qiyin bo‘ladi. Shuningdek, Peddida kardio ham yaxshi. 50 ga 50», — dedi Sarukyan The Ariel Helwani Show podkasti efirida.













