Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kantona Retkliffni tanqid qildi

Kantona Retkliffni tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» afsonasi Erik Kantona agar klubning hozirgi hamegasi Djim Retkliff 1992 yilda jamoani boshqarganida, ingliz klubiga o‘tmagan bo‘lishini aytdi.

Fransiyalik sobiq futbolchining bu gaplariga Retkliffning yaqinda immigrasiya haqida aytgan fikrlari sabab bo‘ldi. BBCʼga bergan intervyusida biznesmen Buyuk Britaniya inqirozga yuz tutayotganini, chunki «hech kim bu muammoni hal qilish uchun yetarlicha qat’iyat ko‘rsatmayotganini» ta’kidlagan edi.

«Manchester Yunayted» muxlisi Pit Boyl shundan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Kantonadan Retkliff davrida klubga o‘tgan bo‘larmidingiz deb so‘radi. Fransiyalik sobiq o‘yinchi shunday javob berdi:

«Yo‘q, albatta. Bunday siyosat va bularning barchasi haqida nima fikrda ekanimni bilasiz. Klub egalaridan biri bo‘lgan inson qanday qilib bunday gaplarni aytishi mumkinligini tushuna olmayapman».

«Futbol — juda ommabop sport turi. Barcha eng buyuk o‘yinchilar turli migrasiya to‘lqinlari tufayli yetishib chiqqan. Fransiyada ham, Angliyada ham — hamma joyda».

Kantona 1992 yilda «Lids»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tgan va jamoaga 5 mavsumda 4 marta chempionatda g‘olib chiqishga yordam bergan.

Kiritildi: 06:48, 24.09.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик