Uels terma jamoasi bosh murabbiyi Kreyg Bellami Portugaliyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yini oldidan Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob berdi.
O‘yin oldidan «ajdarholar» murabbiyidan 41 yoshli Ronaldu va uning 1000-golini urishga bo‘lgan intilishi haqida so‘rashdi.
«Ronalduning futboldagi uzoq umr ko‘rishiga qoil qolmay iloj yo‘q. Uning yutuqlarini e’tiborsiz qoldirishning umuman imkoni yo‘q. Ishonchsiz darajadagi o‘yinchi. Gap 1000 ta gol haqida ketmoqda. Bunga ishona olasizmi? Umuman olganda kim 1000 ta gol uradi? Bu hali yoshlar darajasidagi gollarni hisobga olmaganda. Xayratlanarli yutuq. Mayli, u bu marrani zabt etsin, ammo umid qilamanki, bizga qarshi o‘yinda birorta ham gol urmaydi», — dedi Bellami matbuot anjumanida.
Hozirda «An-Nasr» forvardi hisobida 979 ta aniq zarba mavjud.













