"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yaqinda Rafinya bilan suhbatlashib, Braziliya terma jamoasida uning jismoniy yuklamasini to‘g‘ri boshqarish muhimligini aytdi. Flik o‘tgan mavsumda bo‘lgani kabi, jamoa yetakchisi ortiqcha yuklama sabab jismoniy muammolarga duch kelishini istamayapti.
Rafinya ham Flikning xavotirlarini tushunadi va Karlo Anchelotti bilan uchrashib, undan o‘ziga nisbatan alohida yondashuvni so‘ramoqchi. Gap uning umuman o‘ynamasligi haqida emas, balki o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘yin daqiqalarini to‘g‘ri taqsimlash haqida ketmoqda.
"Barselona"da faqat o‘yinlarning o‘zi emas, balki Braziliya terma jamoasini Avstraliya va Hindistonga uzoq safarlar kutayotgani ham xavotir uyg‘otmoqda.
"Muammo faqat o‘yinlarda emas. Bunday uzoq safarlar samolyotda ko‘p soat o‘tkazish, vaqt mintaqalarining almashishi, uyqu tartibining buzilishi va mashg‘ulotlar orasida tiklanish uchun kamroq vaqt qolishini anglatadi", – deyiladi "El Nacional" nashri xabarida.
Rafinya terma jamoada o‘ynashni xohlaydi, ammo u o‘z jismoniy holatiga ehtiyotkorlik bilan yondashish qanchalik muhimligini ham yaxshi tushunadi.













