Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

«Milan» Pulishich borasida muhim qaror qabul qilmoqchi

«Milan» Pulishich borasida muhim qaror qabul qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Milan» yaqin vaqt ichida yarim himoyachi Kristian Pulishich bilan shartnomani uzaytirish bandini faollashtirishi mumkin. Klub egasi Jerri Kardinale amerikalik futbolchini jamoaning yetakchi o‘yinchilaridan biri deb hisoblaydi va uni saqlab qolish zarur, degan fikrda.

The Athletic xabariga ko‘ra, «rossoneri» bosh murabbiyi Ruben Amorim ham bu masalada Kardinalening fikriga qo‘shiladi.

Shartnomani uzaytirish ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Avvaliga klub Pulishich bilan kelishuvni yana bir mavsumga — 2028 yilga qadar uzaytiradi. Shundan so‘ng tomonlar uzoq muddatli hamkorlik masalasini muhokama qilishga kirishadi.

2026/2027 yilgi mavsumda Pulishich uchta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:07, 24.09.2026.
O'qildi: 993 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик