Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pol Gaskoyn hozirgi avlod futbolchilarida unga yoqmaydigan jihat haqida gapirdi.
«Men o‘z mamlakatim sharafini himoya qilishni doim yaxshi ko‘rganman. Hozir esa ayrim futbolchilar terma jamoada gol uradi-yu, uni nishonlamaydi. Bunday harakat meni jinni qiladi.
Yoshlar terma jamoasida urgan golimni hali ham eslayman. O‘shanda stadionda deyarli hech kim yo‘q edi. Shuning uchun to‘siqdan oshib o‘tib, golni hatto avtomobil yo‘li tomonda nishonlaganman», — dedi Gaskoyn.
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi.













