Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adriyen Rabyo yangi bosh murabbiy Zinedin Zidan qo‘l ostida Didye Desham ketganidan keyin milliy jamoada nimalar o‘zgargani haqida gapirdi.
«Zidan davrida nima o‘zgardi? Avvalo, bir nechta yangi futbolchi qo‘shildi. Ishga yondashuvlar boshqacha, mashg‘ulotlar ham, g‘oyalar ham o‘zgacha. Aslida, ko‘p narsa o‘zgardi. Biz turli masalalarni muhokama qildik va ular ustida ishladik. Ammo Deshamda ham, Zidanda ham maqsad bir — g‘alaba qozonish», — deya Rabyoning so‘zlarini RMC Sport keltirdi.
Desham 2012 yildan 2026 yilgacha Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishladi. Zidan milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimiga 1 avgustdan tayinlangan. Uning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













