Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel milliy jamoa hujumchisi va sardori Xarri Keyn 2026 yilgi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib ekanini aytdi.
«Xarri Keyn — bu yilgi «Oltin to‘p» uchun mening tanlovim. Ushbu mavsumdan keyin — ha. 70 dan ortiq gol, «Bavariya» bilan uchta sovrin. Jahon chempionati va Chempionlar ligasining yarim finallari», — deya Tuxelning so‘zlarini ITV Sport keltirdi.
2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Tadbir Londonda o‘tkaziladi. Bu «Oltin to‘p» tarixidagi 70-marosim bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, g‘olib FIFA reytingidagi eng kuchli 100 ta mamlakat vakili bo‘lgan 100 nafar jurnalistning ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi.













