Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks Millatlar ligasi o‘yinida Uels ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Oson bo‘lmasligini bilardik. Uels — yaxshi jamoa. Yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yin har doim qiyin kechadi. Mashg‘ulotlarda uning taktik g‘oyalarini ishlab chiqish uchun vaqtimiz kam edi, ammo biz yaxshi o‘ynadik va e’tirofga loyiqmiz», — deydi Feliks UYEFA rasmiy saytiga.
27 sentyabr kuni Portugaliya Osloda Norvegiya bilan o‘ynaydi, Uels esa Kopengagenda Daniyaga qarshi bahs olib boradi.













