«Manchester Yunayted» «Lids» hujumchisi Dominik Kalvert-Lyuinning ehtimoliy transferi bo‘yicha bir qarorga keldi. Klub uni yanvar oyida tarkibga qo‘shib olishni ko‘rib chiqishi mumkin, deb xabar bermoqda TEAMtalk.
Kalvert-Lyuin 2025 yildan beri «Lids» sharafini himoya qilib kelmoqda. Ushbu jamoa tarkibida u APLning 39 ta o‘yinida 17 ta gol urgan. Avvalroq «Manchester Yunayted» jarohatlar bilan bog‘liq muammolar sabab forvard bilan shartnoma imzolash fikridan voz kechgan edi, ammo endilikda vaziyat o‘zgarishi mumkin.
Football Insider ma’lumotlariga ko‘ra esa, aksincha, «Manchester Yunayted» yanvar oyida yoki yaqin kelajakda futbolchi bo‘yicha taklif bilan chiqmoqchi emas.
Kalvert-Lyuinning «Lids» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.













