«Liverpul» «Everton» himoyachisi Jerred Brentueytni diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni Virjil van Deykning o‘rnini bosadigan nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, klub 24 yoshli ingliz futbolchisining o‘yin sifatlarini yuqori baholamoqda, ammo «Everton» bilan kelishib olish oson kechmaydi.
«Iriskalar» Brentueytni muhim o‘yinchi deb hisoblashadi va uni sotish niyatida emas. Himoyachining shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan, shu sababli faqat juda katta taklifgina klubning pozisiyasini o‘zgartirishi mumkin.
Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.













