Ilgari «Yuventus»ni boshqargan xorvatiyalik mutaxassis Igor Tudor A Seriya klubidan o‘ziga joy qidirmoqda. Yaqinda u Turinning «Yuventus» va «Atalanta» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda ko‘rinish berdi. Bu esa Maurisio Sarri vaziyatni o‘nglay olmasa, Tudor Bergamo klubini boshqarishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni yanada avj oldirdi.
Tudorning xizmatlariga qiziqish bildirishi mumkin bo‘lgan yana bir klub — ketma-ket dastlabki beshta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan «Venesiya»dir. Klub rahbariyati Jovanni Stroppaga og‘zaki ravishda ishonch bildirayotgan bo‘lsa-da, kun sayin vaziyat murakkablashib borishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Tudorning oxirgi klubi Angliyaning «Tottenxem» jamoasi bo‘lgan bo‘lib, u yerda murabbiy bor-yog‘i bir necha hafta ishlagan edi.













