Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Deku «Barselona» nima uchun Jezusni sotib olganini tushuntirdi

Deku «Barselona» nima uchun Jezusni sotib olganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku klub nima uchun Gabriel Jezusni tarkibga qo‘shib olishga qaror qilganini so‘zlab berdi.

Braziliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida Londonning «Arsenal» klubidan «ko‘k-anorranglilar» safiga kelib qo‘shilgan edi.

«Yozda biz eng yaxshi hujumchilarimizdan biri — Robert Levandovskini yo‘qotdik. U «Barselona» uchun bor kuchini berdi, sovrinlar yutishimizga yordam berdi, ammo o‘zgarishlar vaqti keldi va uning o‘zi ham muhitni o‘zgartirishni xohladi.

G‘oya shundan iborat ediki, maydonda faol harakat qiladigan va jamoaviy o‘yinlarda ishtirok eta oladigan boshqacha uslubdagi forvard bilan shartnoma imzolashimiz kerak edi. Alvares biz ko‘rib chiqqan nomzodlardan biri edi, ammo «Atletiko» uni sotmasligini darhol bildirdi. Jezus boshida rejalarimizga kirmagandi — biz uning vaziyatidan xabardor emasdik. Keyin, Xulianni sotib olishning iloji yo‘qligini tushunganimizda, Gabriel ideal yechimga aylandi. Bizga aynan shunday xususiyatlarga ega o‘yinchi kerak edi», — deydi Deku Barca Universal nashriga.

Gabriel Jezus Kataloniya klubi safidagi to‘rtta o‘yinda ikkita gol urdi.

Kiritildi: 04:16, 25.09.2026.
O'qildi: 722 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик