«Barselona» vingeri Lamin Yamal o‘zini va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappeni oqladi.
Har ikki futbolchi ham intervyularida muntazam ravishda «Oltin to‘p» mavzusida fikr bildirishadi va shu bilan birga, o‘zlarini ushbu mukofotga asosiy da’vogar deb bilishlarini yashirishmaydi.
«Agar Mbappe ikkimiz hech narsa demaganimizda, odamlar bundan hayron bo‘lishgan bo‘lardi. Bizdan samimiy bo‘lishimizni so‘rashadi, ammo samimiy fikr bildirganimizda esa tanqid qilishadi», — deydi 19 yoshli ispaniyalik futbolchi Madrid Xtra manbasiga.
«Oltin to‘p» topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tadi. Yamal va Mbappe mukofot uchun kurashda asosiy favoritlardan hisoblanishmoqda.













