Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Xyoysen: «Real»ning «Atletiko»dan uchratilgan mag‘lubiyati — mening aybim»

Xyoysen: «Real»ning «Atletiko»dan uchratilgan mag‘lubiyati — mening aybim»

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Din Xyoysen «Atletiko»ga qarshi kechgan so‘nggi derbidagi mag‘lubiyat (1:2) uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

21 yoshli futbolchi yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan bahsning 52-daqiqasida, tabloda hali 0:0 hisobi turgan bir vaqtda qizil kartochka olib maydondan chetlatilgan edi.

«Derbidagi mag‘lubiyat — mening mas’uliyatim. Teng tarkiblarda biz g‘alaba qozonishimiz mumkin edi», — dedi Xyoysen Ispaniya terma jamoasining Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi o‘yini oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

«Real»ning navbatdagi o‘yini 10 oktyabr kuni o‘z maydonida «Vilyarreal»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Joze Mourinyu jamoasi yetti turdan so‘ng 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 04:26, 25.09.2026.
O'qildi: 620 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик