Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Manchini: «Bu oson bo‘lmaydi»

Manchini: «Bu oson bo‘lmaydi»

Baho:
+ | -

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini UYEFA Millatlar ligasi A ligasi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Belgiyaga qarshi o‘yindan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

«G‘alabali seriyamizni davom ettiramiz degan umiddamiz. Biroq Belgiya — kuchli jamoa va bu oson bo‘lmaydi, ularda ajoyib murabbiy bor va g‘alaba qozonish oson kechmaydi. Bu haftada juda ko‘p hayajonli daqiqalarni boshimdan kechirdim va madhiyamizni tinglashni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Ushbu go‘zal haftani g‘alaba bilan yakunlaymiz degan umiddaman. Barcha futbolchilar tajribali va ajoyib o‘yinlar o‘tkazishgan, tabiiyki, bunday darajadagi har bir uchrashuv bosim bilan kechadi. Ammo bu ijobiy bosim, chunki biz futbol haqida gapiryapmiz, o‘zimiz yoqtirgan ish bilan shug‘ullanyapmiz va yigitlar o‘yindan zavq olishlari kerak. Men juda hayajondaman, bu aniq», — deydi Manchini Tuttosport nashriga.

Kiritildi: 04:44, 25.09.2026.
O'qildi: 567 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик