Ispaniyalik yarim himoyachi Daniyel Sebalyos «Betis»ga qaytgani haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Men ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan klub — «Betis»ga qaytmoqdaman. U men tark etgan jamoaga umuman o‘xshamaydi. Endi bu har qanday jamoa bilan raqobatlasha oladigan, ajoyib ambisiyalarga ega klub va eng muhimi, «Betis»ning so‘nggi yillardagi o‘sishi shunchaki hayratlanarli. Jamoadoshlarim, oilam, bobom va buvimning yonida, shu yerda ekanimdan chin qalbdan baxtiyorman, bu men uchun ham juda muhim edi deb o‘ylayman. Shuningdek, ilgari aytib o‘tganimdek, sevgilimi va ikki qizimni bag‘rimga bosib, juda muhim emosional barqarorlikka ega bo‘lgan holda faoliyatimdagi eng yaxshi davrni boshimdan kechirmoqdaman. O‘ylashimcha, bu hayotimdagi eng baxtli lahzalar va endi buni maydonda ko‘rsatishim kerak», — deydi Sebalyos Marca nashriga.
Dani Sebalyos joriy yilning sentyabr oyida erkin agent sifatida Madridning «Real» klubidan «Betis»ga qaytib keldi.













