«Manchester Yunayted» va «Tottenxem» Xorvatiya terma jamoasi hamda «Frayburg» klubi hujumchisi Igor Matanovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Ben Djeykobs GiveMeSport YouTube-kanali uchun xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Nemis klubi 23 yoshli forvardni yanvar oyidagi transfer oynasida sotishga rozi bo‘lishi ehtimoldan yiroq. «Tottenxem» Matanovichni hujumchi Risharlisonning o‘rnini bosuvchi o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Matanovich barcha musobaqalarda yettita o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga oltita gol va ikkita golli uzatma yozib qo‘ydi. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.













