Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" yarim himoyachisi Yozua Kimmix 2026 yilgi Jahon chempionatida Paragvayga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatni faoliyatidagi eng og‘riqli natija deb atadi.
"Bu men uchun eng og‘riqli mag‘lubiyat bo‘ldi. Hammasini qayta o‘ylab chiqishim uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Jahon chempionatlaridan uch marta chiqib ketishim faoliyatimning bir qismi bo‘lib qoldi.
Endi buni o‘zgartirib bo‘lmaydi, ammo kelajakda hammasini yaxshiroq qilish mumkin. Muxlislarimizni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — dedi Kimmix.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya 2026 yilgi Jahon chempionatida Paragvayga qarshi bahsda asosiy va qo‘shimcha vaqtni 1:1 hisobida yakunlagan, penaltilar seriyasida esa 3:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etgan.













