Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Uelsga qarshi o‘yinda Ronalduga juda past baho qo‘yildi

Uelsga qarshi o‘yinda Ronalduga juda past baho qo‘yildi

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida ketma-ket ikkinchi uchrashuvda ham gol ura olmadi. 2026 yilgi Jahon chempionati 1/8 finalida Portugaliya Ispaniya bilan o‘ynagan bahsda Ronaldu raqib darvozasini ishg‘ol qila olmagandi. Endi esa Millatlar ligasida Uelsga qarshi uchrashuvda ham portugaliyalik hujumchi golsiz qoldi.

Shunga qaramay, Portugaliya Jorje Jezush boshchiligidagi dastlabki o‘yinda g‘alaba qozondi. Jamoa Uelsni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

«Evro-Futbol.Ru» nashri kechagi bahsda Kishtianu Ronalduga juda past baho qo‘ydi — 3 ball.

KRISHTIANU RONALDU — 3,0. Krishtianu uchun hech narsa qo‘lidan kelmay qolgan kecha bo‘ldi. Qanday qilib xG bo‘yicha 1,32 ko‘rsatkich qayd etib, bir marta ham gol urmaslik mumkin? Bu savolga javobni Ronalduning o‘zidan so‘rash kerak.

U uchun juda ko‘p vaziyatlar yaratib berildi, ammo Krishtianu ularning deyarli barchasini ko‘kka sovurdi. Haddan tashqari katta xohish bu yerda unga aks ta’sir qildi. Zarba texnikasida muammolar bo‘ldi, tayming ham o‘xshamadi — u tezlikni juda erta oshirdi va uch marta ofsaydga tushib qoldi.

Muxlislar aziyat chekdi, Ronaldu tahdid qilgan paytlarda esa faqat Uels darvozasi daxlsiz qoldi. Garchi bu fikrga ham e’tiroz bildirish mumkin: axir u to‘p o‘rniga o‘zini darvozaga «urib» qo‘yardi. Nihoyat to‘pni darvozaga kiritganida esa gol ofsayd sababli hisobga olinmadi.

Krishtianu oddiy va aniq uzatma ham bera olmadi — go‘yo Joau Felishning bo‘yi o‘zinikidan ikki baravar baland deb o‘ylaganday, unga juda baland to‘plar oshirdi.

Agar Ronaldu mana shu tushunarsiz ishlar bilan shug‘ullanmaganida, Portugaliya xotirjamlik bilan yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardi.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 10:53, 25.09.2026.
O'qildi: 1151 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик