Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Barselona» qishda Luis Suaresni sotib olmoqchi

«Barselona» qishda Luis Suaresni sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Barselona» yanvar oyidagi transfer oynasi uchun yangi hujumchi nomzodini o‘z ro‘yxatiga qo‘shdi.

Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi Kolumbiya terma jamoasi va Lissabonning «Sporting» klubi hujumchisi Luis Suaresga qiziqish bildirmoqda.

28 yoshli futbolchi o‘tgan yil yozidan beri «Sporting» safida to‘p surmoqda. Uning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali Suaresning bozor qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.

Kolumbiyalik hujumchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida 7 ta uchrashuv o‘tkazib, 6 ta gol urgan.

Kiritildi: 13:12, 25.09.2026.
O'qildi: 1098 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик