«RB Leypsig» himoyachisi Kastello Lyukeba Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushgan.
Insayder Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik 23 yoshli fransiyalik futbolchini klubning asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan.
Biroq kataloniyaliklar Lukeba uchun kuchli raqobatga duch kelishi mumkin. «Arsenal», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» ham himoyachining faoliyatini diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Transfermarkt portali Lyukebaning bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.
Futbolchining «RB Leypsig» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.













