Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Aichi-Nagoya-2026: Eshkak eshuvchilarimizdan ketma-ket uchta kumush medal

Aichi-Nagoya-2026: Eshkak eshuvchilarimizdan ketma-ket uchta kumush medal

Baho:
+ | -

Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegasiyasi eshkak eshish bahslarida ketma-ket uchta kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Baydarkada eshkak eshish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi 500 metr masofaga to‘rtlik dasturida Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva, Milana Dushev-YAnich va Shahrizoda Mavlonovadan iborat O‘zbekiston kvarteti marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

Kanoeda eshkak eshish bahslarida Vladlen Denisov ham shohsupaga ko‘tarildi. 500 metr masofaga yakkalik dasturida qatnashgan sportchimiz ikkinchi natijani qayd etib, joriy Osiyo o‘yinlaridagi ikkinchi kumush medaliga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi kanoeda 500 metr masofaga juftlik bahslarida Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova tandemi ham finish chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi va delegasiyamiz hisobiga yana bir kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:31, 25.09.2026.
O'qildi: 683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик