Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Barselona» «Manchester Yunayted»ning yosh iqtidori uchun kurashmayapti

«Barselona» «Manchester Yunayted»ning yosh iqtidori uchun kurashmayapti

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku klub «Manchester Yunayted»ning 15 yoshli iqtidorli futbolchisi Jey-Jey Gabrielga qiziqmayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq yosh futbolchi «Barselona», «Real», «Bavariya» va Premyer-liganing bir qator klublari bilan bog‘lanayotgan edi.

Yaqinda Gabriele Barselona shahrida Lamin Yamal bilan birga ko‘rindi. Suratda u Yamalning familiyasi va raqami tushirilgan «Barselona» futbolkasini ushlab turgan edi.

«Yo‘q, bu yerda aytadigan gap yo‘q. Yosh futbolchilarni bizning klub bilan bog‘lashlari odatiy holat. Ammo biz hozirgi vaziyatda turgan futbolchiga qiziqmayapmiz.

U hali ham «Manchester Yunayted» futbolchisi va biz bu jarayonda ishtirok etmayapmiz», — dedi Deku.

Ma’lum qilinishicha, Gabriel «Manchester Yunayted»ga klubni tark etish istagi haqida Angliya Liga kubogidagi «Brayton»ga qarshi o‘yindan bir kun oldin xabar bergan.

Agar u o‘sha bahsda maydonga tushganida, «Manchester Yunayted» tarixidagi eng yosh futbolchiga aylanishi mumkin edi. Shundan so‘ng Gabriel asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarda ishtirok etmay qo‘ygan.

Kiritildi: 13:49, 25.09.2026.
O'qildi: 971 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик