«Atalanta» markaziy himoyachisi Jorjo Skalvini faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli italiyalik futbolchiga «Nyukasl» va «Chelsi» qiziqish bildirmoqda.
«Nyukasl» o‘tgan yozdayoq Skalvinini sotib olishga harakat qilgan. «Chelsi» esa himoyachi haqida batafsil ma’lumot to‘plagan.
Ma’lum qilinishicha, Skalvini «Atalanta» bilan shartnomasini 2031 yilgacha uzaytirishga rozi bo‘lgan. Biroq bu holat Premyer-liga klublarining unga bo‘lgan qiziqishini kamaytirmagan.
Joriy mavsumda Skalvini barcha musobaqalarni hisobga olganda 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmagan.













