Aichi–Nagoya – 2026 XX Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi hisobiga yana bir medal qo‘shildi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi qo‘shpoya bahslarida terma jamoamiz vakili Rasuljon Abdurahimov sovrindorlar qatoridan joy oldi. Hamyurtimiz finaldagi chiqishini muvaffaqiyatli yakunlab, bronza medalga sazovor bo‘ldi.













