«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal o‘z jamoadoshi Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi.
«O‘tgan yili, mening fikrimcha, Kubarsi dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchi edi. U Kopa sovrinini yoki «Oltin to‘p»ni olishi kerak. Oramizda hech qanday farq yo‘q. Men eng yaxshi yosh futbolchi mukofotini qo‘lga kiritganimda, unga navbatdagisi u bo‘lishini aytgandim. Agar biror sababga ko‘ra u buni ololmasa, men unga o‘z mukofotimni beraman», — dedi Yamal Teledeporte ga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarsi barcha musobaqalarni inobatga olganda oltita o‘yinda maydonga tushdi va mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmadi.
Eslatib o‘tamiz, Yamal ketma-ket ikki marta yilning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.













