«Barselona»ning 19 yoshli himoyachisi Pau Kubarsi jamoa bilan birga Chempionlar ligasida zafar quchishni orzu qilishini tan oldi.
««Barselona» bilan Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish — bu mening orzum», — dedi Kubarsi RAC1 ga bergan intervyusida.
Kubarsi — «Barselona» tarbiyalanuvchisi. Ushbu mavsumda u barcha musobaqalarda oltita uchrashuvda maydonga tushdi, ammo mahsuldor harakatlar bilan ajralib turmadi.
Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida «ko‘k-anorranglilar» 1/4 final bosqichida o‘z yurishlarini to‘xtatishgan edi. Kataloniyaliklar oxirgi marta 2015 yilda bosh yevrokubok musobaqasida g‘olib chiqishgan.
Kubarsining «Barselona» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.













