«Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopes jamoaning Chempionlar ligasidagi istiqbollari haqida fikr bildirdi.
Oldinroq «Barselona» futbolchilari bir necha bor bosh yevrokubok turnirida g‘alaba qozonish istagi borligini ta’kidlashgan edi.
«Chempionlar ligasidagi g‘alaba haqida gapirishimiz mumkin, ammo hozir yaxshi sport formasida ekanimiz uchungina juda oldinga o‘tib ketmasligimiz kerak. Muvaffaqiyatsiz kechadigan davrlar ham bo‘ladi. Biz qadamma-qadam ilgarilashimiz, jamoa sifatida o‘sishda davom etishimiz kerak va umid qilamanki, Chempionlar ligasida g‘alaba qozona olamiz», — deydi Fermin Barça Universal manbasiga.
Chempionlar ligasining yangi mavsumi 1-turida «Barselona» o‘z maydonida «Feyenoord»ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. Kataloniyaliklarning navbatdagi raqibi «Galatasaray» bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» oxirgi marta 2015 yilda Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan edi.













