Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super og‘ir vazn toifasi sobiq Jahon chempioni Tayson Fyuri yana bir sobiq chempion Entoni Joshua o‘rtasidagi uzoq kutilgan jang 11-dekabr kuni UYElsning Kardiff shahridagi “Principality Stadium” arenasida o‘tkaziladi. Jangni Netflix platformasi butun dunyo bo‘ylab jonli namoyish etadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jangning o‘tkazilish joyi va sanasi Saudiya Arabistoni umumiy ko‘ngilochar boshqarmasi raisi hamda Saudiya boks federasiyasi prezidenti Turki al ash-SHayx tomonidan ma’lum qilindi. U Fyuri va Joshua o‘rtasidagi jangni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga nihoyat erishilganini e’lon qildi.

Avvalroq ikki bokschining qayerda jang qilishi borasida uzoq muzokaralar olib borilgan edi. Bahsni AQSHning Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” arenasida o‘tkazish varianti ham muhokama qilingan. Yakunda jang Buyuk Britaniyada o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Kiritildi: 15:45, 25.09.2026.
O'qildi: 408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик