Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xavers jarohat sabab Germaniya terma jamoasi qarorgohini tark etadi.
Insayder Devid Ornshteyn ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Millatlar ligasida Niderlandiyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda jarohat olgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Xaversning son orqa qismi paylarida jarohat bor. Shikastning qay darajada jiddiy ekani tibbiy tekshiruvlardan so‘ng aniqlanadi.
Joriy mavsumda Xavers Angliya Premyer-ligasida 5 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urgan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda. Uning «Arsenal» bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.













