Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Inter» moliyaviy holatini yaxshiladi — klub yana foydaga chiqdi

«Inter» moliyaviy holatini yaxshiladi — klub yana foydaga chiqdi

Baho:
+ | -

«Inter» 2025/26 moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Klubning umumiy daromadi 518 million yevroni tashkil etdi. Bu «Inter» tarixidagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Rekord o‘tgan mavsumda qayd etilgan — o‘shanda daromad 567 million yevroga yetgan edi.

O‘tgan yilgi yuqori ko‘rsatkichga klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish va 2025 yilgi Chempionlar ligasi finaliga chiqishdan tushgan bir martalik daromadlar ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

2025/26 moliyaviy yilni «Inter» 22,7 million yevro sof foyda bilan yakunladi. Bunga yuqori daromadlar saqlanib qolishi va operasion xarajatlarning qariyb 20 million yevroga, ya’ni 4 foizga qisqarishi yordam berdi.

Klubning tijoriy daromadlari 7 foizga oshdi. Bu asosan Fanatics bilan hamkorlikda joriy etilgan yangi biznes-model va klub mahsulotlari savdosining o‘sishi hisobiga ta’minlangan.

Shuningdek, har bir o‘yindan tushadigan daromad ham ko‘paygan. Futbolchilar transferi bilan bog‘liq daromadlar 11 million yevroga oshgan, futbolchilar huquqlari bo‘yicha amortizasiya va qadrsizlanish xarajatlari esa 8 million yevroga kamaygan.

Moliyaviy yil natijalari klubning o‘z kapitalini yana ijobiy ko‘rsatkichga olib chiqdi. Hozir bu miqdor 10,4 million yevroni tashkil etmoqda. 2024/25 moliyaviy yil yakunida esa ko‘rsatkich minus 12 million yevro edi.

Qayta moliyalashtirish natijasida klubning kapitalga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham qariyb ikki baravar kamaydi. Bu yo‘nalishdagi xarajatlar 19 million yevroga qisqargan.

2026/27 mavsumi boshida «Inter» BBVA bilan yangi hamkorlik shartnomasini ham imzoladi. Kompaniya klubning rasmiy bank hamkoriga aylandi. BBVA logotipi asosiy jamoa futbolkalari yenglarida, shuningdek U-18 va undan kichik yosh toifasidagi barcha yoshlar jamoalari libosining old qismida joylashtiriladi.

Kiritildi: 16:40, 25.09.2026.
O'qildi: 604 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик