Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

O‘rtoqlik uchrashuvi: Braziliya Avstraliya bilan durang o‘ynadi

O‘rtoqlik uchrashuvi: Braziliya Avstraliya bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

25 sentyabr kuni Avstraliya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi.

Uchrashuvda hisob 68-daqiqada ochildi. Avstraliyalik Nestori Irankunda Braziliya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

Braziliya esa mag‘lubiyatdan so‘nggi lahzalarda qutulib qoldi. 90+5-daqiqada Rayan Rafinyaning uzatmasidan so‘ng gol urib, hisobni tenglashtirdi.

Qizig‘i, bu uchrashuvga qadar Avstraliya va Braziliya tarixda atigi uch marta to‘qnash kelgan edi. Ularning ikkitasi o‘rtoqlik bahsi, yana biri 2006 yilgi Jahon chempionati doirasida o‘tkazilgan.

Avvalgi uchta o‘yinning barchasida Braziliya g‘alaba qozongan va umumiy hisob 12:0 bo‘lgan. Shu tariqa, Avstraliya tarixda ilk bor Braziliyaga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lmadi.

Kiritildi: 17:23, 25.09.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик