Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya - Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Dumfris: «Ular o‘yinni to‘xtatadigandek ko‘rindi, keyin esa gol urishdi»

Dumfris: «Ular o‘yinni to‘xtatadigandek ko‘rindi, keyin esa gol urishdi»

Baho:
+ | -

Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris Millatlar ligasida Germaniyaga qarshi 1:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda o‘tkazib yuborilgan bahsli gol haqida fikr bildirdi.

Birinchi bo‘limda Brayan Brobbi jarohat olib, maydon markazida yotib qoldi. Niderlandiya futbolchilari o‘yin to‘xtatilishini kutdi, ammo hakam Alexandro Ernandes Ernandes bahsni davom ettirdi.

Germaniya futbolchilari ham hujumni to‘xtatmadi va vaziyat Feliks Nmechaning goli bilan yakunlandi. Shundan so‘ng ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida tortishuv yuzaga keldi.

«Bu vaziyatdan saboq olishimiz kerak. Chap qanotdagi Shade o‘yinni to‘xtatadigandek harakat qildi. U menga qarab turdi va go‘yo to‘xtaydigandek tuyuldi. Keyin esa to‘pni Kimmixga uzatdi.

Kimmixni yaxshi bilamiz. U jahon darajasidagi futbolchi, ammo uning bunday harakatlarini ham bilamiz. U o‘yinni davom ettirdi.

Lekin bunday holat biz bilan sodir bo‘lmasligi kerak. O‘sha vaziyatda yaxshiroq harakat qilishimiz lozim edi. Buni albatta jamoa ichida muhokama qilamiz.

Baribir bu harakatni to‘liq sportga xos deb bo‘lmaydi. Ayni shu epizod ta’sir qildi va ular golni ham shunday urdi.

Bizning Virjil van Deyk urgan golimiz esa bekor qilindi. U yerda nima bo‘lganini to‘liq ko‘rmadim. Ular esa aksincha, mana shunday vaziyatdan gol urishdi.

Bunday holat biz bilan yana takrorlanmasligi kerak. Balki biz ham ba’zan shunday yo‘l tutishimiz kerakdir», — dedi Dyumfris.

Kiritildi: 17:51, 25.09.2026.
O'qildi: 316 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик