Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Mourinyo: «Futbolchi ishonmaydigan narsani unga majburan qildirish samara bermaydi»

Mourinyo: «Futbolchi ishonmaydigan narsani unga majburan qildirish samara bermaydi»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo futbolchilar bilan ishlash uslubi va qaror qabul qilish jarayoni haqida gapirdi.

«Men doimo futbolchilar bilan yaxshi muloqot qilishga harakat qilaman. Ko‘pincha ularga: «Bu — ushbu o‘yin uchun mening g‘oyam, bu — strategiyam, yordamchilarim bilan birga o‘yinni shunday tahlil qildik va mana bunday o‘ynamoqchimiz», deb tushuntiraman.

Ammo bundan ham muhimi — futbolchilarning o‘zlari nima his qilayotgani. Ulardan: «Buni bajara olasanmi? Senga qo‘yilgan vazifalarni uddalay olasanmi? Agar yo‘q bo‘lsa, o‘z fikringni ayt», deb so‘rayman.

Shuning uchun biz doimo yechimni birgalikda izlaymiz. Murabbiy ham, futbolchi ham o‘zini ishonchli va qulay his qiladigan eng yaxshi variantni topishga harakat qilamiz.

Futbolchi o‘zi ishonmaydigan ishni bajarayotgan bo‘lsa, bu samara bermaydi, deb o‘ylayman. Shu sabab murabbiy bilan uning g‘oyalarini maydonda amalga oshiradigan futbolchilar o‘rtasidagi munosabat juda muhim.

Universitetdagi ustozlarimdan biri shunday derdi: «Siz futbolchilarni emas, insonlarni tarbiyalaysiz».

Ha, ular futbolchilar. Ammo birinchi navbatda ular insonlar, bu holatda esa yosh insonlar. Shuning uchun ish jarayonida insoniy munosabat juda katta ahamiyatga ega», — dedi Mourinyu.

Kiritildi: 17:53, 25.09.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик