Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Zidanning Fransiyasi qanday o‘ynaydi? Varan tushuntirdi

Zidanning Fransiyasi qanday o‘ynaydi? Varan tushuntirdi

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Rafael Varan yangi bosh murabbiy Zinedin Zidanning futbol falsafasi haqida fikr bildirdi.

«Uning yondashuvida eng asosiy jihat — muvozanatni topish. Zidan hujumkor futbolchilar jamoaga himoyada ham yordam berishini xohlaydi, ammo shu bilan birga ularning hujumdagi erkinligini cheklamaslikka harakat qiladi.

Jamoa to‘pga egalik qilganda u futbolchilarga ko‘proq erkinlik beradi va ularning instinktiga ishonadi. Ayniqsa, kutilmagan harakatlar va improvizasiya Zidan uchun juda muhim.

Bu uning o‘zida ham bor bo‘lgan xususiyat. Shu bilan birga, u futbolchilardagi bunday sifatlarni ham yaxshi ko‘ra oladi va ularning maydonda erkin harakat qilib, o‘z ijodkorligidan foydalanishiga sharoit yaratadi.

Zidan futbolchilar o‘zini maydonda qulay va ishonchli his qilishini istaydi», — dedi Varan.

Fransiya terma jamoasi Zidan boshchiligidagi ilk uchrashuvini 25 sentyabr kuni Turkiyaga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.

Kiritildi: 18:01, 25.09.2026.
O'qildi: 753 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик