Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Eto’O Yamalga murojaat qildi

Eto’O Yamalga murojaat qildi

Baho:
+1 | -

«Barselona» va Kamerun terma jamoasining sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O «Oltin to‘p» topshirish marosimi oldidan Lamin Yamalga bag‘ishlangan post e’lon qildi.

«Daho, qo‘rqmas, iste’dodli... «Oltin to‘p» uchun kurashda senga omad tilayman. Ammo yakuniy qaror qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bir narsa aniq: Usmon kabi sen ham allaqachon qalblarimizdagi «Oltin to‘p»san.

Bizga orzu qilish imkonini berishda davom et», — deb yozdi Eto’O.

Lamin Yamal sobiq «Barselona» hujumchisining ushbu posti bilan o‘z ijtimoiy tarmoqlarida bo‘lishdi.

Avvalroq ispaniyalik futbolchi sovrin uchun alohida targ‘ibot kampaniyasi olib bormasligini aytgan edi. Keyinchalik esa qo‘lga kiritgan sovrinlari tufayli o‘zini «Oltin to‘p»ga munosib deb hisoblashini ta’kidladi.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 18:25, 25.09.2026.
O'qildi: 974 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик