«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Billi Vigarning ota-onasi o‘g‘lining o‘limini oldini olish mumkin bo‘lganini ta’kidlab, Angliya Futbol assosiasiyasini (FA) tanqid qildi.
21 yoshli Vigar 2025 yil sentyabrida «Chichester Siti» safida «Uingeyt end Finchli»ga qarshi uchrashuvda to‘pni maydonda saqlab qolishga uringan paytda beton devorga urilib, og‘ir bosh jarohati olgan va besh kundan so‘ng vafot etgan. Uning ota-onasi futbol maydonlaridagi xavfsizlik talablari bo‘yicha avval ham ogohlantirishlar bo‘lganini bildirib, bu fojianing oldini olish mumkin edi, deb hisoblaydi.
Vigarning onasi Kamilla shunday deydi: «Qayg‘udan g‘azabga o‘tasiz. Chunki buning oldini olish mumkin edi. Billi hali 21 yoshda edi, uning butun hayoti oldinda edi. U futbol o‘ynab, keraksiz holda hayotidan ayrildi».
Oila shuningdek, beton, g‘isht va shlakoblok devorlarga qo‘yilgan taqiq futbolning barcha darajalarini qamrab olishi kerakligini ta’kidlamoqda.













