Italiya terma jamoasining texnik direktori Klaudio Ranyeri yosh futbolchilarning xorijda o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganini ijobiy baholadi.
U yoshlar bilan ishlaydigan murabbiylarning malakasini oshirish va ularga munosib haq to‘lash zarurligini ta’kidladi.
«18–19 yoshga yetgan futbolchilar o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Yaxshiyamki, ko‘plab yoshlar xorij klublariga o‘tib, o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda», — dedi Ranyeri.













