«Liverpul» Virjil van Deykning faoliyati yakuniga yaqinlashayotganini inobatga olib, markaziy himoyachi xarid qilish bo‘yicha uzoq muddatli reja tuzmoqda.
35 yoshli niderlandiyalik futbolchi yuqori darajadagi faoliyatining so‘nggi bosqichiga yaqinlashmoqda.
Football Insider xabar berishicha, mersisaydliklar Van Deykning Niderlandiya terma jamoasidagi sherigi Mikki van de Venni tarkibga qo‘shishni rejalashtirmoqda. «Liverpul» «Tottenxem»ning mavsumni omadsiz boshlagani va ayni paytda Premyer-liga jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotganidan foydalanishga urinishi mumkin.
25 yoshli Van de Venning Transfermarkt’dagi qiymati 50 million yevro deb baholangan. U markaziy himoyada ham, chap qanotda ham o‘ynay oladi.













