Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rodri: «Angliyaga qaytganimdan xursandman»

Rodri: «Angliyaga qaytganimdan xursandman»

Baho:
+ | -

«Barselona» yarim himoyachisi Rodri Ernandes Millatlar ligasi doirasidagi Ispaniya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Uchrashuv shanba kuni «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Men Angliyada yetti yil yashadim va ba’zi narsalarni sog‘inaman, lekin shu bilan birga Ispaniyaga qaytganimdan xursandman. Angliyaga qaytish va ketganimdan beri bu yerda birinchi marta o‘ynash juda yoqimli. Umid qilamanki, ertangi o‘yin ajoyib o‘tadi va biz jamoamiz nimalarga qodirligini ko‘rsata olamiz», – dedi matbuot anjumanida 30 yoshli yarim himoyachi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yildan beri Rodri «Manchester Siti»da to‘p surayotgan edi. Avgust oyida «shaharliklar» jahon chempionini «ko‘k-anorranglilar»ga bonuslardan tashqari 60 million yevrga sotib yubordi.

Kiritildi: 06:49, 26.09.2026.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик