Belgiya terma jamoasi o‘yinchisi Mika Godts Millatlar ligasi doirasida Italiyaga qarshi kechgan va milliy terma jamoadagi ilk golini urgan o‘yinini (2:0) baholadi.
«Man zavq oldim. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik, yuqori shiddat bilan harakat qildik va mashg‘ulotlarda ishlab chiqqan narsalarimizdan foydalandik. Biz bundan xursandmiz», – dedi Godts Spoza nashriga.
Godts jamoani navbatdagi o‘yin oldidan xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.
«Bu yaxshi birinchi o‘yin bo‘ldi, ammo biz xotirjamlikni saqlashimiz kerak. Do‘shanba kuni bizni yana bir katta o‘yin kutib turibdi. Biz eng yuqori darajadagi futbolni ko‘rsatishimiz kerak bo‘ladi».
Godts, shuningdek, jahon chempionatida ishtirok etmagani haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
«U yerda bo‘lmaganim xato edimi? Men bunday deyishni xohlamayman. Lekin ilgari ham ko‘p marta aytganimdek, bu meni yanada kuchliroq ruhlantiradi. Men murabbiyning qaroriga ta’sir qila olmayman».
28 sentyabr kuni belgiyaliklar ikkinchi turda Fransiyaga qarshi o‘ynashadi.













