«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge klub hujumchisi Xarri Keyn joriy yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi kerak, deb hisoblaydi.
— Mbappe yoki Yamal?
— Ikkalasi ham, albatta, ajoyib futbolchilar. Ammo men Xarrining biroz vazmin va kamtarona xarakteri jozibadorroq, deb hisoblayman. Bu uning fe’l-atvorini ham aks ettiradi. Chunki Xarri o‘zining o‘rniga gollari, maydondagi o‘yinlari va qo‘lga kiritgan sovrinlari gapirishini ma’qul ko‘radi. Yaxshiyamki, u buni ikki yildan beri namoyish etib kelmoqda.
«Oltin to‘p»ni topshirishdagi asosiy mezon — futbolchining individual o‘yini. Bu borada esa Xarri ustunlikka ega, — dedi Rummeniggening so‘zlarini Bayern & Germany keltirdi.
8 sentyabr kuni France Football jurnali 2026 yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi. Taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Rummenigge sun’iy intellektdan joriy yilda «Oltin to‘p»ni kim qo‘lga kiritishi haqida so‘raganini ma’lum qilgan edi.













