Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arda Gyuler Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

Arda Gyuler Fransiyadan uchralgan mag‘lubiyatga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyuler UYEFA Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

UYEFA Millatlar ligasi A ligasi 1-guruh 1-turida Turkiya o‘z maydonida Fransiyaga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Yagona golni 54-daqiqada Kilian Mbappe kiritdi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Turkiya darvozaboni Chakir qizil kartochka oldi.

«So‘nggi natijalarimizni unutib, ushbu o‘yinga tayyorlanish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik. Darhaqiqat, tarkibimizda jarohat olgan futbolchilar ko‘p edi, ayrim futbolchilar esa diskvalifikasiya sababli uchrashuvni o‘tkazib yuborishdi. Shunga qaramay, bor kuchimizni berdik va qo‘limizdan kelgan barcha ishni qildik, deb hisoblayman.

Biz g‘alaba qozonishni juda xohlagandik, shuning uchun hozir juda xafamiz. Ammo oldinda hali muhim o‘yinlar bor. Ularda g‘alaba qozona olamiz, deb umid qilaman», — dedi Gyuler uchrashuvdan so‘ng beIN SPORTS telekanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya Kilian Mbappening goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 09:49, 26.09.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик