UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichi doirasida Fransiya terma jamoasi safarda Turkiyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni yulduz hujumchi Kilian Mbappe urdi.
Bu Zinedin Zidan uchun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut uchrashuvi edi.
OptaJean ma’lumotiga ko‘ra, Zidan 1994 yildan buyon Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk o‘yinida g‘alaba qozongan birinchi mutaxassis bo‘ldi.
Bundan 32 yil avval Eme Jake ham Fransiya termasi bosh murabbiyi sifatidagi debyut bahsida g‘alaba qozongan edi. O‘shanda fransuzlar Italiya terma jamoasini mag‘lub etgan.













