Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki Millatlar ligasida Turkiya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi g‘alabani jamoaning yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidanga bag‘ishladi.
«Zidan qo‘l ostida o‘ynashmi? Bu haqiqiy zavq. Biz uning futbolchi va murabbiy sifatida nimalarga erishganini yaxshi bilamiz.
Biz bu yangi sahifani g‘alaba bilan boshlashni juda istagandik va bunga erishdik. Bu g‘alaba — u uchun», — dedi Sherki.













